Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Қорасув маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласида қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ёшларнинг мурожаат ва ташаббусларини тинглади
янв.21
14-Тошкент сайлов округида хонадонбай ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутат ёшлар билан мулоқот қилиб, уларнинг таклиф ва ташаббусларини тинглади
янв.21
«Машъал» маҳалласида ёшлар билан ишлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
Моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Ахборот-кутубхона марказига бино ажратиш масаласида депутатлик сўрови йўлланди
янв.21
Ўқувчилар билан жиноятчиликнинг олдини олиш мавзусида учрашув ўтказилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида кўп қаватли уйларнинг лифтлари ва ертўлалари ҳолати ўрганилди
HUDUDDAGI MADANIYAT MUASSASASINING HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna,tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, deputat Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich, 4-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat Usiplxodjayev Yerlan Ormanovichlar tomonidan hududda yangi bunyod etilayotgan “Qoshchinor ma’rifat markazi”ning joriy holati o‘rganildi.
❇️ O‘rganish davomida mazkur madaniyat va ma’rifat maskanida olib borilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari, obyektning bugungi holati, yaratilayotgan sharoitlar hamda kelgusida markazdan samarali foydalanish bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
❇️ Bugungi kunda hududlarda zamonaviy madaniyat va ma’rifat muassasalarini barpo etish, aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish muhim vazifalardan biridir.
📚 “Qoshchinor ma’rifat markazi” ham ana shu maqsadlarga xizmat qiladigan, aholining ma’naviy-ma’rifiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan zamonaviy maskanlardan biri bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.
❇️ Markazning foydalanishga topshirilishi bilan hudud aholisi uchun turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, ijodiy kechalar, kitobxonlik targ‘iboti va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish imkoniyatlari kengayadi.
❇️ Ayniqsa, yosh avlodni milliy qadriyatlarimiz, ma’naviy merosimiz va kitobxonlikka oshno etish, ularning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlashda bunday maskanlarning o‘rni beqiyos.
❇️ Deputatlar tomonidan obyektni o‘rganish jarayonida uning hudud aholisi uchun ahamiyati, qurilish ishlarining borishi va kelgusida markaz faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan tegishli fikr va tavsiyalar bildirildi.
❇️ Shuningdek, hududdagi ijtimoiy va madaniy infratuzilmani rivojlantirish, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda saylovchilar murojaatlari va takliflarini joyida o‘rganish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi.
✅ Deputatlik nazorati doirasida olib borilayotgan bunday o‘rganishlar hududdagi ijtimoiy-madaniy obyektlarning holatini doimiy nazoratda tutish, mavjud masalalarni aniqlash va ularni bartaraf etishga ko‘maklashishga qaratilgan.
✨ Yangi “Qoshchinor ma’rifat markazi” kelgusida hudud aholisi, xususan, yoshlar uchun ma’naviyat, ma’rifat, ijod va madaniyatni birlashtirgan muhim maskanga aylanishi kutilmoqda.

Slide 1 of 5