Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Янгиқўрғон туманида камбағалликни қисқартириш бўйича штаб фаолияти ўрганилди
янв.21
Фуқаронинг васийликка оид мурожаати ижобий ҳал этилди
янв.21
Сангистон кўчасини шағаллаш бўйича депутатлик сўрови
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари ўрганилди
янв.21
«Соҳил» Янги Ўзбекистон қиёфасидаги маҳаллага айланмоқда
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ва куз-қиш мавсумига тайёргарлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
«Соҳил» маҳалласида аҳоли бандлиги ва ижтимоий қўллаб-қувватлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Қизилёзи маҳалласида тиббий хизматга оид мурожаатлар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov tomonidan tumandagi 10-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga hamda 2026–2027-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktabda o‘quv jarayonini yangi o‘quv yilida sifatli tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sinf xonalari, sport zali, sanitariya-gigiyena holati hamda bino va inshootlarning mavsumga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida isitish tizimlarining sozligi, mavjud jihozlarning holati, maktab hududining obodonlashtirilishi va xavfsizlik talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, maktabni yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlash hamda kuz-qish mavsumini barqaror va xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni belgilangan muddatlarda bartaraf etish va ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun munosib, xavfsiz hamda qulay sharoitlarni ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3