Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-сонли мактабгача таълим ташкилотидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Бешбулоқ маҳалласида моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
48-сонли мактабда бола ҳуқуқларига бағишланган учрашув бўлиб ўтди
янв.21
32-сонли мактабда ўқувчилар билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида мактабда китоблар кўргазмаси ташкил этилди
янв.21
#Депутат назорати
янв.21
Мавсумий қишлоқ хўжалиги ишлари ўрганилди
янв.21
#Депутат фаолияти
🏛️ PQ-49-SONLI QAROR IJROSINI TA’MINLASH: XORAZM VILOYATIDA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH CHORA-TADBIRLARI

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Xorazm viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda. 

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi O. Kozixonova tomonidan hududlarda aholi daromadlarini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish, bandlikni ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatiga e’tibor qaratilmoqda.

 PQ-49-sonli qarorda 2026-yil uchun kambag‘allik darajasini 2,8 foizgacha, ishsizlik darajasini 4,5 foizgacha pasaytirish, 1 million aholini doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish hamda 4 million aholining daromadini oshirish kabi maqsadli ko‘rsatkichlar belgilangan. 

 Jumladan, Xorazm viloyati uchun 2026-yilda kambag‘allik darajasini 3,0 foizgacha, ishsizlik darajasini 4,5 foizgacha kamaytirish, shuningdek, 49 653 nafar fuqaroni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar belgilangan. 

 O‘rganishlarda mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Slide 1 of 5