Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-сонли мактабгача таълим ташкилотидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Бешбулоқ маҳалласида моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
48-сонли мактабда бола ҳуқуқларига бағишланган учрашув бўлиб ўтди
янв.21
32-сонли мактабда ўқувчилар билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида мактабда китоблар кўргазмаси ташкил этилди
янв.21
#Депутат назорати
янв.21
Мавсумий қишлоқ хўжалиги ишлари ўрганилди
янв.21
#Депутат фаолияти
So‘galli Ota ko‘chasidagi piyodalar yo‘lakchasi holati o‘rganildi

25-Yakkabog‘ saylov okrugidan saylangan deputat Mirzaulukov Zafar Zohid o‘g‘liga biriktirilgan Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Mirzayeva Hulkar tomonidan So‘galli Ota ko‘chasi bo‘ylab piyodalar yo‘lakchasining holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida hududdagi piyodalar yo‘lakchasi bilan bog‘liq bir qator muammolar aniqlandi. Fuqarolar tomonidan ham yo‘lakchaning mavjud holati yuzasidan e’tiroz va murojaatlar bildirildi.
Jumladan:
🔹 yo‘lakchaning ayrim qismlari ta’mirtalab va toshloq holatda;
🔹 ayrim joylarda kanalizatsiya quduqlarining qopqoqlari mavjud emas;
🔹 piyodalar yo‘lakchasi ko‘chaning oxirigacha yetib bormagan;
🔹 natijada fuqarolar qatnov qismidan yurishga majbur bo‘lmoqda.
Mazkur holatlar aholining kundalik harakatlanishida noqulaylik tug‘dirayotgani, ayniqsa, bolalar, keksalar va piyodalar xavfsizligi masalasiga alohida e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, piyodalar yo‘lakchasini ta’mirlash, kanalizatsiya quduqlarini xavfsiz holatga keltirish hamda yo‘lakchani uzluksiz davom ettirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 4