Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Mahalladagi ishlar va aholi bilan ishlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati J.Xusanov tomonidan o‘z saylov okrugi tarkibiga kiruvchi “Qaymoqli guzar” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi M.Irmanovning faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, mahalla hududida fuqarolarni qiynab kelayotgan ijtimoiy, infratuzilmaviy va boshqa masalalarga e’tibor qaratildi.

Jumladan, “Mahalla yettiligi” a’zolarining aholi bilan ishlash holati ham atroflicha ko‘rib chiqildi. Aholining muammolarini xonadonbay o‘rganish, ehtiyojmand oilalarni aniqlash, fuqarolarning bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mahalla raisi va “Mahalla yettiligi” a’zolarining o‘zaro hamkorligi, fuqarolar murojaatlarini tegishli mutasaddilarga yetkazish, ko‘tarilgan masalalarning ijrosini kuzatib borish hamda aholi bilan muntazam muloqot olib borish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi. Aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, muammolarga amaliy yechim topish va mahallada yashovchi fuqarolar uchun qulay sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2