Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Янгиқўрғон туманида камбағалликни қисқартириш бўйича штаб фаолияти ўрганилди
янв.21
Фуқаронинг васийликка оид мурожаати ижобий ҳал этилди
янв.21
Сангистон кўчасини шағаллаш бўйича депутатлик сўрови
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари ўрганилди
янв.21
«Соҳил» Янги Ўзбекистон қиёфасидаги маҳаллага айланмоқда
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ва куз-қиш мавсумига тайёргарлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
«Соҳил» маҳалласида аҳоли бандлиги ва ижтимоий қўллаб-қувватлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Қизилёзи маҳалласида тиббий хизматга оид мурожаатлар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

#ishreja
🟢XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

KO‘KPATAS MFYDA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan Ko‘kpatas MFYda xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

📌 O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, ularning muammolarini aniqlash va mavjud muammolarni manzilli hal etish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🔹 Jumladan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi xotin-qizlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

🔹 Shuningdek, oilaviy muammolarni o‘rganish, ehtiyojmand xotin-qizlarga ko‘maklashish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va muammolarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📋 O‘rganish yakunlari bo‘yicha xotin-qizlar faoli faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda xotin-qizlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

🤝 Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va munosib sharoit yaratish — doimiy e’tiborda.

✅Telegram ✅Facebook ✅Instagram ✅E-Kengash

Slide 1 of 4