Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
янв.21
Зафар кўчасини ёритиш масаласи юзасидан депутатлик сўрови
янв.21
Булоқбоши маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Фуқароларнинг мурожаатлари ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотида куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қораполвон маҳалласида ободонлаштириш ва бунёдкорлик ишлари ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
Таълим муассасаларида куз-қиш мавсумига тайёргарлик — депутатлик назоратида
янв.21
«Гаистон» маҳалласида аҳоли даромадини ошириш масалалари ўрганилди
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #24_ta_masala #Deputat_daftar

“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi doirasida aholi murojaatlarini o‘rganish, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni joyida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlash maqsadida deputat tomonidan saylov okrugida o‘rganish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 11-“Guliston” saylov okrugidan saylangan deputati Mamatmuratov Azamat Karamatovich tomonidan saylov okrugidagi xonadonlarga uyma-uy tashrif buyurilib, fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha tahlil qilinib, ularni hal etish imkoniyatlari va mas’ul tashkilotlarning vakolatlari belgilab olindi.

Aniqlangan muammolarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish, ularning ijrosini ta’minlash hamda natijadorligini nazorat qilish maqsadida tegishli tashkilot va idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborish bo‘yicha kelishib olindi.

Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqot davomida hududdagi ijtimoiy va infratuzilmaga oid masalalar yuzasidan takliflar ham tinglandi.

📌 Bunday amaliy o‘rganishlar aholini qiynayotgan muammolarni bevosita xonadonbay o‘rganish, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda muammolarga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🤝 Deputat va aholi o‘rtasidagi bevosita muloqot — mavjud muammolarni aniqlash va ularni samarali hal etishning muhim omilidir.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3