Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
#Deputat_faoliyati #Deputat_so‘rovi #24_ta_masala

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 16-“Mo‘minqul” saylov okrugidan saylangan deputati Qodirov Rasul Saydullayevich tomonidan Oltinsoy tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Tirkashevga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida “Mo‘minqul” mahalla fuqarolar yig‘inidagi ichki xo‘jalik yo‘llarini saqlash va ta’mirlash bo‘yicha 2026-yilga mo‘ljallangan dastur ijrosi yuzasidan aniq ma’lumotlar taqdim etilishi so‘raldi.

Jumladan, amalga oshirilgan ishlar hajmi, mazkur ishlar uchun ajratilgan mablag‘lar, ta’mirlash ishlarining joriy holati hamda ularni to‘liq yakunlash muddatlari haqida batafsil ma’lumot berish so‘ralgan.

Aholi uchun qulay va xavfsiz yo‘l infratuzilmasini yaratish, mahallaning ichki yo‘llarini ta’mirlash hamda hudud obodonligini ta’minlashga qaratilgan mazkur masalaning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 2