Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #17_band #162_qonun #doimiy_komissiya_faoliyati #ekspert_guruhi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi

Termiz shahrida hududlarning sanitariya va obodonlashtirish holatini yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan deputatlik nazorati davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a'zosi, ekspert guruhi a'zosi, 15-“Tuproqqo‘rg‘on” saylov okrugi deputati D.Toshboyeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov tomonidan “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida maishiy chiqindilarni yig‘ish va o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi chiqindi to‘plash joylarining sanitariya holati, chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqib ketilishi, hududda chiqindilarning to‘planib qolishining oldini olish hamda obodonlashtirish ishlari bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, chiqindilarni olib chiqish xizmatining muntazamligi, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tezkor bartaraf etish, mahalla hududida sanitariya va ekologik osoyishtalikni ta’minlash yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Slide 1 of 1