Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Қорасув маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласида қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ёшларнинг мурожаат ва ташаббусларини тинглади
янв.21
14-Тошкент сайлов округида хонадонбай ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутат ёшлар билан мулоқот қилиб, уларнинг таклиф ва ташаббусларини тинглади
янв.21
«Машъал» маҳалласида ёшлар билан ишлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
Моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Ахборот-кутубхона марказига бино ажратиш масаласида депутатлик сўрови йўлланди
янв.21
Ўқувчилар билан жиноятчиликнинг олдини олиш мавзусида учрашув ўтказилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида кўп қаватли уйларнинг лифтлари ва ертўлалари ҳолати ўрганилди
Qonunchilik ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi tomonidan shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 965-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Xususan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan hamda mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan fuqarolarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini belgilash va zaxiraga qo‘yish, shuningdek, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning holatiga e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida mavjud hujjatlar va amaliy ishlar ko‘rib chiqilib, qaror talablarining bajarilishi yuzasidan tegishli masalalar tahlil qilindi.

Shuningdek, aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul xodimlar bilan fikr almashilib, qonunchilik talablariga rioya etish hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4