Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Қорасув маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласида қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ёшларнинг мурожаат ва ташаббусларини тинглади
янв.21
14-Тошкент сайлов округида хонадонбай ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутат ёшлар билан мулоқот қилиб, уларнинг таклиф ва ташаббусларини тинглади
янв.21
«Машъал» маҳалласида ёшлар билан ишлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
Моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Ахборот-кутубхона марказига бино ажратиш масаласида депутатлик сўрови йўлланди
янв.21
Ўқувчилар билан жиноятчиликнинг олдини олиш мавзусида учрашув ўтказилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида кўп қаватли уйларнинг лифтлари ва ертўлалари ҳолати ўрганилди
Yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Mavlonqulov tomonidan “Achchiqko‘l” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi A.Moxirovning faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning muammolarini aniqlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanish holati ko‘rib chiqildi.

Ma’lum bo‘lishicha, mahallada 2 nafar yosh “Yoshlar daftari”ga kiritilgan. Ulardan bir nafarining oliy ta’lim muassasasidagi kontrakt to‘lovi, yana bir nafarining esa haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘quv kursi xarajatlari belgilangan tartibda to‘lab berilgan.

O‘rganish davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ta’lim olishi va kasb-hunar egallashi uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Yoshlar bilan ishlashda aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, amalga oshirilayotgan ishlarning davomiyligi nazoratga olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3