Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-сонли мактабгача таълим ташкилотидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Бешбулоқ маҳалласида моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
48-сонли мактабда бола ҳуқуқларига бағишланган учрашув бўлиб ўтди
янв.21
32-сонли мактабда ўқувчилар билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида мактабда китоблар кўргазмаси ташкил этилди
янв.21
#Депутат назорати
янв.21
Мавсумий қишлоқ хўжалиги ишлари ўрганилди
янв.21
#Депутат фаолияти
SENTABR OYI: DEPUTAT SO‘ROVLARI ORQALI MUAMMOLAR KO‘TARILMOQDA

2026-yil sentabr oyida Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aholi uchun muhim bo‘lgan masalalarni o‘rganish va ularni mas’ul tashkilotlar e’tiboriga yetkazish maqsadida deputat so‘rovlari yuborildi.
📍 Muhammedova Barno Farxadovna tomonidan Qozirobod mahallasi, Arnasoy ko‘chasi, 2-uy oldidagi bolalar maydonchasini ta’mirlash masalasi ko‘tarildi.
📍 Nazirov Madaminjon Ma’rufjon o‘g‘li hududga investitsiyalarni jalb etish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot so‘radi.
📍 Saidov Ulug‘bek Aripovich tomonidan 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi hududidagi ichki yo‘laklar, bordyurlar va notekis qismlarni ta’mirlash, muassasa oldida piyodalar yo‘l chizig‘i va tezlikni pasaytiruvchi sun’iy notekislik o‘rnatish, shuningdek, bolalar uchun ochiq havodagi o‘yingoh tashkil etish masalalari yuzasidan deputat so‘rovlari yuborildi.
📍 Ahmedov Shuxrat Murotovich tomonidan “Gavhar” mahallasida zamonaviy va xavfsiz avtobus bekati barpo etish, “Do‘mbirobod” ko‘chasi, 139-uy oldidagi avtobus bekatini ta’mirlash hamda Do‘mbirobod mahallasidagi ayrim ko‘chalarning yo‘l qoplamasini tiklash masalalari ko‘tarildi.
🤝 Deputat so‘rovlari — hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni mas’ul tashkilotlar oldiga qo‘yish va yechimiga ko‘maklashishning muhim vositasidir.
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari tomonidan aholi manfaatlarini ko‘zlagan holda hududlardagi dolzarb masalalarni o‘rganish va ularning yechimi yuzasidan deputatlik nazorati davom ettirilmoqda.