Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi bog‘ faoliyati o‘rganildi

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi bog‘ faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi tomonidan shahardagi madaniy hordiq maskanlari va jamoat hududlarining obodonlashtirilishi, mavjud infratuzilmasi hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish davomida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi bog‘ faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Mazkur o‘rganishda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A. Nurmatov va M. Abdulmajidov ishtirok etdi.

O‘rganish jarayonida bog‘ hududining umumiy holati, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, fuqarolar uchun yaratilgan dam olish sharoitlari, mavjud infratuzilma obyektlari hamda ayni paytda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, bog‘ hududida zamonaviy xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik obyektlarini joylashtirish, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, fuqarolar uchun yanada qulay dam olish muhitini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

O‘rganish davomida hududdagi qurilish va obodonlashtirish ishlarini belgilangan talablar asosida tashkil etish, bajarilayotgan ishlarning sifatiga e’tibor qaratish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda bog‘ning estetik qiyofasini yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, madaniy obyektlar va jamoat hududlarini rivojlantirish hamda ulardan samarali foydalanish bilan bog‘liq “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablari ham e’tiborga olindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish, mavjud infratuzilmani takomillashtirish va fuqarolar uchun qulay sharoitlarni kengaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 8