Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Оилалар даромадини оширишга амалий кўмак
янв.21
«Юксалиш» маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Битирувчиларнинг келгуси таълим ва касб танлови муҳокама қилинди
янв.21
Китобхонлик ва маънавият — ёшлар тарбиясининг муҳим таянчи
янв.21
12-сонли мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
«Юмалоқтепа» маҳалласида аҳоли турмуш шароити ўрганилди
янв.21
Кўрик маҳалласида пиёдалар йўлакчаси қурилиши ўрганилди
янв.21
12-сонли мактабда куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
«UCH QAHRAMON» MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Normetova Sobura Voxobovna tomonidan “Uch qahramon” mahallasidagi 10-mavze, 16- va 18-sonli ko‘p qavatli uylar oldida joylashgan bolalar maydonchasining holati yuzasidan Yunusobod tumani hokimiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📍Murojaatda mazkur bolalar maydonchasi qariyb 40 yildan buyon foydalanib kelinayotgani, mavjud o‘yin qurilmalarining aksariyati eskirgani, ayrimlari esa singan yoki foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgani qayd etilgan.

👧👦Hududda ko‘plab yosh bolalar istiqomat qilishi inobatga olinib, maydonchaning texnik holatini o‘rganish, xavfli va eskirgan qurilmalarni almashtirish hamda zamonaviy, xavfsiz va bolalar uchun qulay maydoncha tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish so‘ralgan.

✅Shuningdek, zarur mablag‘ manbalarini aniqlash, tegishli amaliy choralarni belgilash hamda amalga oshiriladigan ishlar va ularning muddatlari yuzasidan yozma axborot taqdim etish masalalari ko‘tarilgan.

⚖️Qonunchilik asosida:
Deputatlik so‘rovi O‘zbekiston Respublikasining «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida»gi Qonunining 5 va 8-moddalari asosida yuborildi.

Qonunning 8-moddasiga muvofiq, deputat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish yoki axborot berish talabi bilan deputatlik so‘rovi yuborish huquqiga ega.