Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Янгиқўрғон туманида камбағалликни қисқартириш бўйича штаб фаолияти ўрганилди
янв.21
Фуқаронинг васийликка оид мурожаати ижобий ҳал этилди
янв.21
Сангистон кўчасини шағаллаш бўйича депутатлик сўрови
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари ўрганилди
янв.21
«Соҳил» Янги Ўзбекистон қиёфасидаги маҳаллага айланмоқда
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ва куз-қиш мавсумига тайёргарлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
«Соҳил» маҳалласида аҳоли бандлиги ва ижтимоий қўллаб-қувватлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Қизилёзи маҳалласида тиббий хизматга оид мурожаатлар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
Shodlik mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligi o‘rganildi

Shodlik mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev tomonidan Shodlik mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi. Mazkur yo‘nalish Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.

O‘rganish davomida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish, "Ayollar daftari" bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash hamda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligini yanada oshirish, mavjud muammolarni tizimli bartaraf etish hamda bu boradagi ishlar natijadorligini kuchaytirish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4