Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Янгиқўрғон туманида камбағалликни қисқартириш бўйича штаб фаолияти ўрганилди
янв.21
Фуқаронинг васийликка оид мурожаати ижобий ҳал этилди
янв.21
Сангистон кўчасини шағаллаш бўйича депутатлик сўрови
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари ўрганилди
янв.21
«Соҳил» Янги Ўзбекистон қиёфасидаги маҳаллага айланмоқда
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ва куз-қиш мавсумига тайёргарлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
«Соҳил» маҳалласида аҳоли бандлиги ва ижтимоий қўллаб-қувватлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Қизилёзи маҳалласида тиббий хизматга оид мурожаатлар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
Ozod" MFYda aholining ijtimoiy himoyasi masalalari o‘rganildi

"Ozod" MFYda aholining ijtimoiy himoyasi masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Abdulmajidov tomonidan "Ozod" MFYda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida kam ta’minlangan oilalarni aniqlash, ularga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lashning qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshirilishi, ijtimoiy yordamning manzilliligi va shaffofligini ta’minlash, ehtiyojmand fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish holati hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, ijtimoiy himoya tizimida mavjud muammo va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berilib, ularning ijrosi deputatlik nazorati doirasida monitoring qilib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 4