Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Янгиқўрғон туманида камбағалликни қисқартириш бўйича штаб фаолияти ўрганилди
янв.21
Фуқаронинг васийликка оид мурожаати ижобий ҳал этилди
янв.21
Сангистон кўчасини шағаллаш бўйича депутатлик сўрови
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари ўрганилди
янв.21
«Соҳил» Янги Ўзбекистон қиёфасидаги маҳаллага айланмоқда
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ва куз-қиш мавсумига тайёргарлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
«Соҳил» маҳалласида аҳоли бандлиги ва ижтимоий қўллаб-қувватлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Қизилёзи маҳалласида тиббий хизматга оид мурожаатлар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
Yoshlar ma’naviy tarbiyasi yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi

#Yoshlar_maslahat_guruhi_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati #nazorat_tahlil

Yoshlar ma’naviy tarbiyasi yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi “Ekspert” guruhi raisi o‘rinbosari D. Abdimurodova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasida bo‘lib, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib bordi.

O‘rganish davomida yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, kitobxonlik va ma’rifatga qiziqishini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, odob-axloq va ijtimoiy faollik kabi fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining samaradorligiga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish va yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2