Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Янгиқўрғон туманида камбағалликни қисқартириш бўйича штаб фаолияти ўрганилди
янв.21
Фуқаронинг васийликка оид мурожаати ижобий ҳал этилди
янв.21
Сангистон кўчасини шағаллаш бўйича депутатлик сўрови
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари ўрганилди
янв.21
«Соҳил» Янги Ўзбекистон қиёфасидаги маҳаллага айланмоқда
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ва куз-қиш мавсумига тайёргарлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
«Соҳил» маҳалласида аҳоли бандлиги ва ижтимоий қўллаб-қувватлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Қизилёзи маҳалласида тиббий хизматга оид мурожаатлар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi

#Madad_NNT_faoliyati

“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev tuman Davlat xizmatlari markazida faoliyat yuritayotgan “Madad” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida tashkilot tomonidan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan huquqiy maslahat va amaliy ko‘mak, murojaatlarni qabul qilish, ularni ko‘rib chiqish hamda fuqarolarga zarur huquqiy tushuntirishlar berish jarayonlari o‘rganildi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar bevosita tinglanib, ko‘tarilgan masalalarning mazmuni va ularni hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Murojaatlarni o‘z vaqtida, sifatli va qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqish, fuqarolarga huquqiy tushuntirish hamda amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, huquqiy maslahat va amaliy ko‘mak ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2