Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-сонли мактабгача таълим ташкилотидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Бешбулоқ маҳалласида моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
48-сонли мактабда бола ҳуқуқларига бағишланган учрашув бўлиб ўтди
янв.21
32-сонли мактабда ўқувчилар билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида мактабда китоблар кўргазмаси ташкил этилди
янв.21
#Депутат назорати
янв.21
Мавсумий қишлоқ хўжалиги ишлари ўрганилди
янв.21
#Депутат фаолияти
“Karmaki” mahallasida aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi

#mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik
#kotibiyat_xodimi_faoliyati #nazorat_tahlil

“Karmaki” mahallasida aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 21-“Karmaki” saylov okrugidan saylangan deputat B. Mo‘minovning okrugida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev tomonidan mahalla ijtimoiy xodimi bilan hamkorlikda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan chorva mollari xarid qilib, o‘zini o‘zi band qilgan fuqaroning faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Fuqaroning xarid qilingan chorva mollari orqali daromad topayotgani va o‘z bandligini ta’minlash borasidagi faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, fuqaroning chorvachilik faoliyatini rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda kelgusida daromadlarini oshirish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallada aholi bandligini ta’minlash, ishsiz va daromad manbaiga ega bo‘lmagan fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularni mavjud imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanishga jalb etish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettirilib, aholining o‘zini o‘zi band qilishi va oilaviy daromadlarini oshirishga qaratilgan amaliy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2