Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-сонли мактабгача таълим ташкилотидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Бешбулоқ маҳалласида моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
48-сонли мактабда бола ҳуқуқларига бағишланган учрашув бўлиб ўтди
янв.21
32-сонли мактабда ўқувчилар билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида мактабда китоблар кўргазмаси ташкил этилди
янв.21
#Депутат назорати
янв.21
Мавсумий қишлоқ хўжалиги ишлари ўрганилди
янв.21
#Депутат фаолияти
Maktab kutubxonasining faoliyati o‘rganildi

Maktab kutubxonasining faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 2-Yangi O‘zbekiston saylov okrugi deputati O‘.Omonov saylangan Yangi obod MFU hududidagi 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, maktab kutubxonasining holati va faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish ishlari tuman Kengashi mutaxassisi A.Abdullayeva tomonidan amalga oshirilib, kutubxonadagi mavjud adabiyotlar, o‘quvchilarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda kutubxonadan foydalanish holatiga e’tibor qaratildi.

Mazkur maktabda 560 nafar o‘quvchi, jumladan, 278 nafar o‘g‘il va 282 nafar qiz tahsil olmoqda. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish borasidagi imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

Zamonaviy va boy kutubxona — bilimli, ma’rifatli yoshlar tarbiyasining muhim maskani bo‘lib, bu kabi sharoitlar “Yangi O‘zbekiston” qiyofasini ta’lim muassasalarida amalda aks ettirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4