Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
13-сонли мактабгача таълим ташкилотидаги муаммолар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Бешбулоқ маҳалласида моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди
янв.21
48-сонли мактабда бола ҳуқуқларига бағишланган учрашув бўлиб ўтди
янв.21
32-сонли мактабда ўқувчилар билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Мактабнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлиги ўрганилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида мактабда китоблар кўргазмаси ташкил этилди
янв.21
#Депутат назорати
янв.21
Мавсумий қишлоқ хўжалиги ишлари ўрганилди
янв.21
#Депутат фаолияти
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Deputatlik so‘rovi yuborildi

Hududlarda olib borilgan o‘rganishlar davomida Uchqizil MFY, Bog‘zor ko‘chasida joylashgan transformator qurilmasining ochiq va xavfsizlik talablari to‘liq ta’minlanmagan holatda ekani aniqlandi.

Mazkur holat, ayniqsa, transformator atrofida aholi va bolalar harakatlanishini hisobga olganda, insonlar xavfsizligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin.

Shu munosabat bilan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

So‘rovda:
🔹 transformatorning texnik va xavfsizlik holatini joyiga chiqqan holda o‘rganish;
🔹 transformator atrofini tegishli himoya vositalari bilan jihozlash;
🔹 elektr qurilmasini xavfsizlik talablariga muvofiq to‘siq bilan o‘rash;
🔹 aholining, ayniqsa bolalarning transformatorga yaqinlashishining oldini olish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.

Shuningdek, ko‘rilgan choralar va amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida belgilangan tartibda yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

📌 Aholi xavfsizligi va hududlarda aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.