Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Депутат фаолияти
янв.21
Ёшлар_маслаҳат_гуруҳи
янв.21
АҲОЛИНИНГ БЕПУЛ ДОРИ-ДАРМОН БИЛАН ТАЪМИНЛАНИШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Ёшлар билан мулокат
янв.21
ТИББИЙ ХИЗМАТ КЎРСАТИШ ҲОЛАТИ ВА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
КУЗГИ ДАЛА ИШЛАРИНИНГ БОРИШИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КЎКЁР МАҲАЛЛАСИДА ЙЎЛ ВА ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КУНЛИК ИШ РЕЖАСИ: МУРОЖААТЛАР БИЛАН ИШЛАШ ВА ИЖРО НАЗОРАТИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИ МАТБУОТ ХИЗМАТИ
Obi hayot”da yangi servis maskani: 24/7 xizmat ko‘rsatish ko‘chasi barpo etilmoqda

“Obi hayot”da yangi servis maskani: 24/7 xizmat ko‘rsatish ko‘chasi barpo etilmoqda

Bugungi kunda hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, aholi uchun qulay xizmatlar yaratish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar izchil amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, xizmat ko‘rsatish sohasini yangi bosqichga olib chiqish orqali shahar iqtisodiy faolligini oshirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda Namangan shahar hokimi, shahar Kengashi deputati Ayubxon Kamalov “Obi hayot” mahallasi hududida bunyod etilayotgan 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi zamonaviy xizmat ko‘rsatish ko‘chasida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

Bugungi kunda mazkur hududda tadbirkorlar tomonidan zamonaviy ko‘rinishdagi ko‘chma savdo o‘rinlarini o‘rnatish ishlari jadallik bilan davom etmoqda. Loyihaning amaliy bosqichlari, qurilish sifati va tashkiliy masalalar joyida o‘rganilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Namangan shahar hokimi, shahar Kengashi deputati tomonidan tadbirkorlarga ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakuniga yetkazish, hududning umumiy arxitektura ko‘rinishini saqlagan holda zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish yuzasidan zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 4