Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҒАЛЛА МАЙДОНЛАРИДА СУҒОРИШ ИШЛАРИ НАЗОРАТДА
янв.21
ТИЛЛАТЕПА МАҲАЛЛАСИДА ЙЎЛ БЕЛГИЛАРИНИ ЎРНАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ТАБРИКЛАЙМИЗ!
янв.21
КЎП ҚАВАТЛИ УЙЛАР ВА УЛАР АТРОФИДАГИ ҲУДУДЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВЛАРИ ВА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ НАТИЖАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИНИНГ НАВБАТДАГИ 31-СЕССИЯСИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
МАҲАЛЛИЙ БЮДЖЕТНИНГ ҚЎШИМЧА МАНБАЛАРИНИ ЙЎНАЛТИРИШ МАСАЛАСИ КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
АҲОЛИНИНГ ИЧИМЛИК СУВИ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БИРИКТИРИЛГАН ТАШКИЛОТ БИЛАН ҲАМКОРЛИК ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

📍Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi G.Allanova hamda kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan Yo‘lchilar OFY hududidagi 5-sonli umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🔎O‘rganish davomida ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumini betalofat va samarali o‘tkazishga tayyorgarligi, maktab binosining umumiy holati, sinfxonalarda zarur sharoitlarning yaratilgani hamda o‘quvchilar uchun munosib ta’lim olish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

🔥Shuningdek, sovuq kunlarda ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash, maktabda issiqlik va sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilash, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

👩‍🏫 Ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish hamda mavjud shart-sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

📌O‘rganish yakunlari asosida aniqlangan masalalarni bartaraf etish va kuz-qish mavsumini puxta tayyorgarlik bilan o‘tkazish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

🤝Asosiy maqsad — ta’lim muassasalarida o‘quvchilar va pedagoglar uchun qulay, xavfsiz va munosib sharoitlarni ta’minlashdir.

Slide 1 of 5