Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Қорасув маҳалласида камбағалликни қисқартириш бўйича ишлар ўрганилди
янв.21
Қорасув маҳалласида қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутат ёшларнинг мурожаат ва ташаббусларини тинглади
янв.21
14-Тошкент сайлов округида хонадонбай ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутат ёшлар билан мулоқот қилиб, уларнинг таклиф ва ташаббусларини тинглади
янв.21
«Машъал» маҳалласида ёшлар билан ишлаш ҳолати ўрганилди
янв.21
Моддий ёрдам масаласидаги мурожаат ўрганилди
янв.21
Ахборот-кутубхона марказига бино ажратиш масаласида депутатлик сўрови йўлланди
янв.21
Ўқувчилар билан жиноятчиликнинг олдини олиш мавзусида учрашув ўтказилди
янв.21
24 талик тавсия ижроси доирасида кўп қаватли уйларнинг лифтлари ва ертўлалари ҳолати ўрганилди
TA’LIM VA YOSHLAR UCHUN YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR E’TIBORDA

TA’LIM VA YOSHLAR UCHUN YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR E’TIBORDA

Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning sifatli ta’lim olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi hamda sport bilan shug‘ullanishi uchun munosib sharoitlar yaratish ustuvor vazifalardan biridir.

Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining 1-“Xalqobod” saylov okrugi deputati N. Ro‘ziyeva saylangan Xalqobod MFY hududidagi maktabda “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar” asosida mutaxassis K.Abdullayeva tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida maktabdagi sport zali va kutubxonaning mavjud sharoitlari, ularning jihozlanishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda mavjud muammolar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va ta’lim muassasalarida zamonaviy shart-sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Zero, Yangi O‘zbekistonning kelajagi — bilimli, sog‘lom va ma’rifatli yoshlar qo‘lida.

Slide 1 of 2