Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАКТАБЛАРНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК РИВОЖИ — ЯНГИ ИШ ЎРИНЛАРИ УЧУН МУҲИМ ОМИЛ
янв.21
ХОНАДОНБАЙ ИШЛАШ — БАРҚАРОР ДАРОМАД САРИ МУҲИМ ҚАДАМ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАР
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШДА МАНЗИЛЛИ ВА ХОНАДОНБАЙ ЁНДАШУВ
янв.21
ЯНГИ КЎПРИК ҚУРИЛИШИ: СИФАТ ВА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОРДА
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ФАОЛИЯТИ ВА ОДОБ-АХЛОҚ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЁШЛАР ЗИЁ МАСКАНИ» ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILA SHAROITI O‘RGANILDI

IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILA SHAROITI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati M. Artiqova Uyg‘ur mahallasida bo‘lib, mahalla ijtimoiy xodimi D. Shomurotova bilan hamkorlikda Uyg‘ur MFY, Yoshlar ko‘chasi, 43-uyda istiqomat qiluvchi, Ijtimoiy himoya reyestrida turuvchi fuqaro Eshchanova Hikoyat Baxtiyorovna xonadonida bo‘ldi.
O‘rganish davomida oilaga yaratilgan ijtimoiy sharoitlar, ko‘rsatilayotgan amaliy yordam va davlat tomonidan berilayotgan imkoniyatlardan foydalanish holati bilan yaqindan tanishildi.
Xususan, fuqaroning xonadoniga Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan suvni tozalash qurilmasi o‘rnatilgani hamda ushbu ko‘makning oilaning kundalik turmush sharoitini yaxshilashdagi ahamiyati o‘rganildi.
Shuningdek, oila bilan suhbat davomida mavjud ehtiyojlar va muammolar tinglanib, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash hamda ularga yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur o‘rganish deputatlik nazorati doirasida fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy ko‘makning manzilliligi va samaradorligini o‘rganish hamda aholi muammolarini joyida aniqlash maqsadida amalga oshirildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, oilaning ijtimoiy sharoitini yaxshilashga qaratilgan ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettirilishi belgilandi.