Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАКТАБЛАРНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛИК РИВОЖИ — ЯНГИ ИШ ЎРИНЛАРИ УЧУН МУҲИМ ОМИЛ
янв.21
ХОНАДОНБАЙ ИШЛАШ — БАРҚАРОР ДАРОМАД САРИ МУҲИМ ҚАДАМ
янв.21
ДЕПУТАТГА БИРИКТИРИЛГАН ҚОНУН ҲУЖЖАТЛАРИ ВА ТАШКИЛОТЛАР
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЮЗАСИДАН ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ ЮБОРИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКДАН ЧИҚАРИШДА МАНЗИЛЛИ ВА ХОНАДОНБАЙ ЁНДАШУВ
янв.21
ЯНГИ КЎПРИК ҚУРИЛИШИ: СИФАТ ВА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЭЪТИБОРДА
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ФАОЛИЯТИ ВА ОДОБ-АХЛОҚ МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЁШЛАР ЗИЁ МАСКАНИ» ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
MAHALLADAGI MAS’ULLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI

MAHALLADAGI MAS’ULLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati M. Artiqova Uyg‘ur mahallasida bo‘lib, mahalladagi “yettilik” tizimi doirasida faoliyat yuritayotgan mas’ullarning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida mahalla yoshlar yetakchisi G. Sotiboldiyeva hamda ijtimoiy xodim D. Shomurotovaning o‘zlariga biriktirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari, aholi, xususan, yoshlar va ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar bilan olib borayotgan faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni aniqlash va ularga manzilli ko‘mak ko‘rsatish borasidagi ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Deputat tomonidan mahallada aholi bilan ochiq va bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish muhimligi ta’kidlandi.
O‘rganish yakunida mahallada olib borilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish, aholining muammolarini manzilli o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan faoliyatni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1