Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҒАЛЛА МАЙДОНЛАРИДА СУҒОРИШ ИШЛАРИ НАЗОРАТДА
янв.21
ТИЛЛАТЕПА МАҲАЛЛАСИДА ЙЎЛ БЕЛГИЛАРИНИ ЎРНАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ТАБРИКЛАЙМИЗ!
янв.21
КЎП ҚАВАТЛИ УЙЛАР ВА УЛАР АТРОФИДАГИ ҲУДУДЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВЛАРИ ВА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ НАТИЖАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИНИНГ НАВБАТДАГИ 31-СЕССИЯСИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
МАҲАЛЛИЙ БЮДЖЕТНИНГ ҚЎШИМЧА МАНБАЛАРИНИ ЙЎНАЛТИРИШ МАСАЛАСИ КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
АҲОЛИНИНГ ИЧИМЛИК СУВИ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БИРИКТИРИЛГАН ТАШКИЛОТ БИЛАН ҲАМКОРЛИК ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #9_band #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati Bepul dori-darmon ta’minoti va tibbiy xizmat sifati nazoratda

Aholiga sifatli birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish, shuningdek, ehtiyojmand fuqarolarni davlat tomonidan kafolatlangan bepul dori vositalari bilan ta’minlash masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 15-“Tuproqqo‘rg‘on” saylov okrugi deputati D.Toshboyeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov tomonidan okrug hududidagi 3-sonli oilaviy poliklinikada nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish jarayoni Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “Eng muhim 24 ta yo‘nalish” mezonlari, xususan, 9-band — “Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati” asosida tashkil etildi.

Nazorat davomida dispanser nazoratidagi bemorlar, keksalar, homilador ayollar va bolalar uchun ajratilgan bepul dori vositalarining mavjudligi, saqlanishi hamda elektron retsept asosida fuqarolarga manzilli yetkazilishi, shuningdek, shifokorlar qabuli va tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati ko‘zdan kechirildi.

Deputat D.Toshboyeva ta’kidlaganidek, har bir fuqaroning o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam olishi va belgilangan bepul dori vositalari bilan ta’minlanishi muhim. Shu bois mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida izchil davom ettiriladi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, dori vositalari zaxirasini muntazam yangilab borish hamda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish yuzasidan poliklinika mas’ullariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3