Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҒАЛЛА МАЙДОНЛАРИДА СУҒОРИШ ИШЛАРИ НАЗОРАТДА
янв.21
ТИЛЛАТЕПА МАҲАЛЛАСИДА ЙЎЛ БЕЛГИЛАРИНИ ЎРНАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
ТАБРИКЛАЙМИЗ!
янв.21
КЎП ҚАВАТЛИ УЙЛАР ВА УЛАР АТРОФИДАГИ ҲУДУДЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК СЎРОВЛАРИ ВА АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ НАТИЖАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИНИНГ КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИГИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИҚЎРҒОН ТУМАНИ КЕНГАШИНИНГ НАВБАТДАГИ 31-СЕССИЯСИ БЎЛИБ ЎТДИ
янв.21
МАҲАЛЛИЙ БЮДЖЕТНИНГ ҚЎШИМЧА МАНБАЛАРИНИ ЙЎНАЛТИРИШ МАСАЛАСИ КЎРИБ ЧИҚИЛДИ
янв.21
АҲОЛИНИНГ ИЧИМЛИК СУВИ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БИРИКТИРИЛГАН ТАШКИЛОТ БИЛАН ҲАМКОРЛИК ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ
🔰Mikroloyihalar va imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish — deputatlik nazoratida

🔰Mikroloyihalar va imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish — deputatlik nazoratida

🔹Aholi bandligini ta’minlash, oilaviy daromadlarni oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirishda mahallalarda amalga oshirilayotgan mikroloyihalar va imtiyozli kredit mablag‘larining maqsadli hamda samarali yo‘naltirilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
🔹Shu maqsadda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodov hamkorligida “Mustaqillik” mahallasida mikroloyihalarni amalga oshirish va imtiyozli kredit mablag‘laridan samarali foydalanish holati o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘larining belgilangan maqsadlarga yo‘naltirilishi, amalga oshirilayotgan mikroloyihalarning natijadorligi, yaratilgan ish o‘rinlari hamda aholi daromadlarini oshirishga ta’siriga alohida e’tibor qaratildi.
🔹Shuningdek, mikroloyihalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish imkoniyatlari va mavjud salohiyatdan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
🔹O‘rganish natijalari asosida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanishni ta’minlash hamda mikroloyihalar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
🔹Bunday o‘rganishlar mahallada iqtisodiy faollikni oshirish, yangi daromad manbalarini yaratish va aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan ishlar ustidan deputatlik nazoratini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 8