35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҒАЛЛА ЭКИШГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР МУРОЖААТЛАРИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ — ХОНАДОНБАЙ ИШЛАШДАН БОШЛАНАДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР МУАММОЛАРИГА АМАЛИЙ ЕЧИМ ИЗЛАНМОҚДА
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ: ҲАР БИР ОИЛАНИНГ ИМКОНИЯТИ ЎРГАНИЛМОҚДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ТАШАББУСЛАРИГА АМАЛИЙ КЎМАК
янв.21
ҲАР БИР ОИЛА ДАРОМАДИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ЯНГИҚЎРҒОНДА КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА МАНЗИЛЛИ ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ЎТКАЗИЛДИ
3-Guliston saylov okrugi deputati Z.Domilayev va deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova o‘rganishlarni joyiga chiqqan holda davom ettirib, Marg‘ilon shahar 3-Guliston saylov okrugi hududida, Guliston mahallasida faoliyat yuritayotgan xususiy “Femili Medikal” MChJ faoliyati ham o‘rgandilar. Deputat korxona rahbari N.Qo‘shaqov bilan suhbatlashib, klinikada aholiga, xususan, bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat, yaratilgan sharoitlar hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi bilan tanishdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, klinikada nevrologiya yo‘nalishi bo‘yicha tibbiy xizmat ko‘rsatiladi. Ayni paytda bu yerda 1 nafar shifokor va 1 nafar hamshira faoliyat yuritmoqda. Bolalarni davolashga moslashtirilgan klinika ertalab soat 08:00 dan 14:00 gacha xizmat ko‘rsatadi.

Shuningdek, o‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi “Chiqindilar to‘g‘risida”gi 362-II-son Qonuni talablarining ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur Qonunning 18-moddasida chiqindilar bilan bog‘liq faoliyatni tartibga solishda fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i hamda atrof-muhit xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan talablar belgilangan. Qonunning 22-moddasida esa chiqindilarni saqlash va zararsizlantirishga doir talablar nazarda tutilgan.

Shu asosda klinikada hosil bo‘layotgan tibbiy chiqindilarni yig‘ish, saqlash, zararsizlantirish va belgilangan tartibda olib chiqib ketish holati o‘rganildi. Tibbiy chiqindilar bilan ishlashda inson salomatligi va atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash, ularni boshqa turdagi chiqindilardan alohida saqlash hamda belgilangan tartib va talablarga qat’iy rioya etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan tibbiyot muassasasida qonun talablarining amaliy ijrosini ta’minlash, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish va tibbiy chiqindilar bilan bog‘liq jarayonlarni belgilangan tartibda tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Aniqlangan masalalar deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 7