Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ёшлар майдонда — ғалаба сари!
янв.21
Аҳоли мурожаати натижасида Подшота сойи ўзанида ишлар олиб борилмоқда
янв.21
Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбоси 28 та ҳарф ва 1 та тутуқ белгисидан иборат бўлади
янв.21
Сайлов округида ободонлаштириш ва хавфсизлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Келгуси йил ҳосили — аҳоли озиқ-овқат таъминотининг муҳим асоси
янв.21
Депутатга бириктирилган қонунлар
янв.21
Канализация тизимини таъмирлаш юзасидан депутат сўрови юборилди
янв.21
САМАРАСИЗ БОҒЛАР ЎРНИДА ИНТЕНСИВ БОҒЛАР БАРПО ЭТИЛАДИ
янв.21
Аҳолини тоза ичимлик суви билан таъминлаш ишлари ўрганилди
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
M.Ulug‘bek MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar yetakchisining faoliyati, yoshlar bilan ishlash samaradorligi, ularning muammolarini o‘rganish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, mahalladagi yoshlarni ishga joylashtirish, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning holatiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish jarayonida yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish hamda yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari ham tahlil qilindi.
Amaldagi qonunchilikda yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yoshlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy kamol topishiga ko‘maklashish yoshlar siyosatining muhim yo‘nalishlari sifatida belgilangan. 
O‘rganish yakunida yoshlar bandligini ta’minlash, ular bilan manzilli va tizimli ishlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Yoshlar — jamiyat taraqqiyotining muhim kuchi. Ularning bilim olishi, kasb egallashi va munosib bandligini ta’minlash kelajak uchun mustahkam poydevor yaratadi.
 

Slide 1 of 1