Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Кунлик вазифалар белгилаб олинди
янв.21
Сайловчилар олдидаги ҳисобот — ишонч ва масъулият ифодаси
янв.21
Депутат ва ёшлар: муаммо, таклиф ва ечим
янв.21
Зарбдор маҳалласида фуқаро мурожаати ўрганилди
янв.21
Кўчама-кўча ўрганишлар — аҳоли ташвишларига ечим излаб
янв.21
33-сонли мактабнинг иситиш тизимидаги муаммо — депутат эътиборида
янв.21
Таълимга эътибор — амалий кўмакда намоён
янв.21
Мактабгача таълим ташкилотининг кадастр муаммоси — депутат эътиборида
янв.21
10-сонли мактабгача таълим ташкилотида куз-қишга тайёргарлик ва мавжуд муаммолар ўрганилди
янв.21
ЁШЛАРНИНГ ВАТАНГА САДОҚАТИ — ЮРТ КЕЛАЖАГИГА ИШОНЧ
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA JAVOB: MUAMMO IJOBIY YECHIM TOPDI

DEPUTATLIK SO‘ROVIGA JAVOB: MUAMMO IJOBIY YECHIM TOPDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati tomonidan “Yangi hayot” mahallasida ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq fuqarolar murojaatlari yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Mazkur murojaat Termiz tuman “Suv ta’minoti” bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida “Yangi hayot” suv to‘plash va tarqatish inshootida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-141-sonli qarori asosida qurilish-montaj ishlari olib borilayotgani sababli ayrim ko‘chalarga ichimlik suvi yetib bormagani aniqlandi.

Aholining ehtiyojini inobatga olgan holda, muammo yuzasidan maxsus texnika orqali ichimlik suvi yetkazib berildi.

Hozirgi kunda esa “Yangi hayot” mahallasi aholisi reja-grafik asosida ichimlik suvi bilan ta’minlanmoqda.

Deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarilgan masalaning amaliy yechim topgani — fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolarini hal etishda deputatlik nazoratining muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.

Muammo ko‘tarildi — o‘rganildi — amaliy yechim topildi!