Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Янгиқўрғон туманида камбағалликни қисқартириш бўйича штаб фаолияти ўрганилди
янв.21
Фуқаронинг васийликка оид мурожаати ижобий ҳал этилди
янв.21
Сангистон кўчасини шағаллаш бўйича депутатлик сўрови
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари ўрганилди
янв.21
«Соҳил» Янги Ўзбекистон қиёфасидаги маҳаллага айланмоқда
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ва куз-қиш мавсумига тайёргарлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
«Соҳил» маҳалласида аҳоли бандлиги ва ижтимоий қўллаб-қувватлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Қизилёзи маҳалласида тиббий хизматга оид мурожаатлар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
MAKTAB KUTUBXONASINING FAOLIYATI, KITOB FONDI VA O‘QUVCHILARNING KITOBXONLIKKА JALB ETILISHI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan o‘zi saylangan okrug hududidagi “Beshkappa” MFYda joylashgan 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida jamoatchilik nazorati doirasida nazorat-o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganish davomida maktab direktori hamda kutubxona mas’ullari ishtirokida kutubxonaning mavjud holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, kitob fondining tarkibi va saqlanishi, mavjud adabiyotlardan foydalanish darajasi hamda kutubxona xizmatlaridan o‘quvchilarning foydalanishi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.Shuningdek, kutubxonadagi kitoblarning o‘quvchilarning yosh toifalari va qiziqishlariga mosligi, yangi adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyoj, kitobxonlar bilan ishlash tizimi hamda o‘quvchilarni muntazam ravishda kitob mutolaasiga jalb etish borasidagi amaliy ishlar muhokama qilindi.Kutubxona xodimlari bilan suhbat davomida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, badiiy va ilmiy adabiyotlarni targ‘ib qilish, turli adabiy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish hamda faol kitobxonlarni rag‘batlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.O‘rganish jarayonida kutubxona xodimlarining faoliyat
davomida uchrayotgan muammo va takliflari ham tinglandi. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, kutubxonaga o‘quvchilar tashrifini ko‘paytirish, kitob fondidan foydalanish samaradorligini oshirish hamda kitobxonlikni targ‘ib qilish ishlarini yanada tizimli tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.O‘rganish yakunida kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, o‘quvchilarni kitob mutolaasiga keng jalb etish, mavjud adabiyotlardan samarali foydalanish va kitobxonlik tadbirlarini mazmunan boyitish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 5