Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Янгиқўрғон туманида камбағалликни қисқартириш бўйича штаб фаолияти ўрганилди
янв.21
Фуқаронинг васийликка оид мурожаати ижобий ҳал этилди
янв.21
Сангистон кўчасини шағаллаш бўйича депутатлик сўрови
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари ўрганилди
янв.21
«Соҳил» Янги Ўзбекистон қиёфасидаги маҳаллага айланмоқда
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ва куз-қиш мавсумига тайёргарлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
«Соҳил» маҳалласида аҳоли бандлиги ва ижтимоий қўллаб-қувватлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Қизилёзи маҳалласида тиббий хизматга оид мурожаатлар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Yangihayot mahallasida obodonlashtirish ishlari nazorat qilindi

#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
Yangihayot mahallasida obodonlashtirish ishlari nazorat qilindi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumanida Kengashiga 6-Yangihayot saylov okrugidan saylangan deputat A.Safarov okrugiga qarashli Yangihayot mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Ashuruv tomonidan tumandagi Yangihayot mahallasida aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda ichki yo‘llarni obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalla hududidagi ichki ko‘chalarni asfaltlash jarayonlari bilan yaqindan tanishilib, olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, yo‘l qoplamasining sifati va belgilangan talablar asosida amalga oshirilayotganligiga e’tibor qaratildi.

Ta’kidlanganidek, ichki yo‘llarning sifatli holatga keltirilishi, avvalo, mahallada istiqomat qilayotgan aholining kundalik hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, transport vositalarining xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlash, piyodalar uchun qulay sharoit yaratish, mahallaning obodonligi va infratuzilmasini yaxshilashda yo‘l ta’mirlash ishlarining o‘rni katta.

Shuningdek, asfaltlash ishlari jarayonida yo‘lning tayyorlanishi, asfalt qoplamasining yotqizilishi hamda ishlarning sifat ko‘rsatkichlariga alohida e’tibor qaratildi. Ishlarni belgilangan me’yor va talablar asosida, sifatli hamda o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

O‘rganish davomida mahalla aholisi bilan ham muloqot qilinib, ularning yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq fikr va takliflari tinglandi. Aholini qiynab kelayotgan masalalarni o‘rganish va ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish muhimligi qayd etildi.

Slide 1 of 3