Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Янгиқўрғон туманида камбағалликни қисқартириш бўйича штаб фаолияти ўрганилди
янв.21
Фуқаронинг васийликка оид мурожаати ижобий ҳал этилди
янв.21
Сангистон кўчасини шағаллаш бўйича депутатлик сўрови
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари ўрганилди
янв.21
«Соҳил» Янги Ўзбекистон қиёфасидаги маҳаллага айланмоқда
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ва куз-қиш мавсумига тайёргарлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
«Соҳил» маҳалласида аҳоли бандлиги ва ижтимоий қўллаб-қувватлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Қизилёзи маҳалласида тиббий хизматга оид мурожаатлар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Savolnoma_asosida #Deputat_nazorati #Qonunlar_ijrosi #Nazorat_tahlil #Oltinsoy

Oltinsoy tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati, Kengash Kotibiyati mudiri M.Xujanov, Kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov ishtirokida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish davomida maxsus savolnoma asosida Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, amaldagi qonunchilik hujjatlarining ijrosi hamda belgilangan vazifalarning bajarilish holati atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga oid 162 ta qonunchilik hujjati va Kengash tomonidan berilgan 24 ta tavsiyaning ijrosi yuzasidan monitoring olib borilib, ularning amalda bajarilishi holati bandma-band o‘rganildi.

Nazorat-tahlil jarayonida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar va vazifalar belgilab olindi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar qonunchilik hujjatlari va Kengash tavsiyalarining ijrosini ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsadida deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3