35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Kengash va “Madad” hamkorligi: aholiga bepul huquqiy yordam.



Kengash va “Madad” hamkorligi: aholiga bepul huquqiy yordam.

Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolarning murojaatlariga huquqiy jihatdan ko‘maklashish hamda ularni qiynayotgan masalalarga amaliy yechim topish maqsadida hamkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Choriyeva Adliya bo‘limi huzuridagi “Madad” huquqiy maslahat byurosiga tashrif buyurdi.

O‘rganish davomida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar, ularga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy oy davomida fuqarolardan 12 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, mazkur murojaatlar yuzasidan tegishli huquqiy choralar ko‘rilib, arizalar rasmiylashtirilgan. O‘tgan oy davomida esa 32 nafar fuqaroga da’vo arizalarini tayyorlab berilgan.

Muloqot chog‘ida fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari o‘rganilib, ularning aksariyatiga joyida huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi.

🤝 Kengash va “Madad” huquqiy maslahat byurosi hamkorligining asosiy maqsadi — aholining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, huquqiy masalalarda fuqarolarga bepul maslahat va amaliy ko‘mak ko‘rsatishdan iborat.

Slide 1 of 1