35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
#deputat faoliyati 24_ta_tavsiya

Mamlakatimizda yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning eng quyi bo'g'in — mahallalardagi ijrosi doimiy nazoratda.
Kuni kecha Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Faxriddin Matasimov hududdagi holat bilan yaqindan tanishish maqsadida "Zarbuloq" mahallasida bo'ldi. Tashrif doirasida mahalladagi yoshlar yetakchisining bugungi kungacha olib borgan faoliyati batafsil o'rganildi.

O'rganishlar davomida asosan quyidagi masalalarga alohida e'tibor qaratildi:
🔹"Yoshlar daftari"ga kiritilgan yigit-qizlar bilan ishlash holati va ko'rsatilayotgan yordamlar;
🔹 Hududdagi ishsiz yoshlar bandligini ta'minlash hamda ularni kasb-hunarga yo'naltirish bo'yicha qilinayotgan amaliy ishlar;
🔹 Yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish (sport, IT, kitobxonlik to'garaklari jalb etish) borasidagi tashabbuslar;
🔹 Uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimi va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar.

Uchrashuv va o'rganishlar jarayonida deputat Faxriddin Matasimov yoshlar yetakchisining hisobotini hamda istiqboldagi rejalarini tingladi. Shuningdek, mahalladagi yoshlar muammolarini hal etish, ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashda deputat sifatida doimo amaliy ko'mak berishga tayyor ekanligini ta'kidladi. Ish samaradorligini yanada oshirish yuzasidan o'zining zarur tavsiya va ko'rsatmalarini berdi.

🤝 Maqsad bitta — yoshlar bandligini ta'minlash, ularning iste'dod va intilishlarini ro'yobga chiqarish uchun mahallaning o'zida barcha zarur sharoitlarni yaratishdir!

Slide 1 of 4