35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish Xonjiza mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_okrugdagi_o'rganish
Xonjiza mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 2-Xonjiza saylov okrugidan saylangan deputat K.Saidovning saylov okrugida hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish ishlari xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Nasriddinov tomonidan deputatning saylov okrugiga qarashli Xonjiza mahallasida olib borildi.

O‘rganish davomida mahallaning sanitariya-obodonlashtirish holati, ko‘chalar va umumiy foydalanish hududlarining tozaligi, mavjud ariqlar holati hamda ularni betonlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, hududdagi ariqlarni betonlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, mahalla hududini yanada tartibga keltirish, aholi uchun qulay va fayzli muhit yaratish borasidagi ishlarning holatiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish jarayonida mavjud muammolar va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini tizimli ravishda davom ettirish hamda hududning sanitariya holatini yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Ta’kidlanganidek, deputatlik faoliyatida saylov okrugidagi hududlarning holatini muntazam o‘rganib borish, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishga ko‘maklashish muhim vazifalardan biridir.
Slide 1 of 3