35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
OBODONLASHTIRISH VA CHIQINDILARNI OLIB CHIQIB KETISH XIZMATLARI BO‘YICHA MASALA KO‘RIB CHIQILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Chilonzor tumanidagi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar hududida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda qattiq va maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari uchun to‘lov tarifi miqdorini belgilash masalasi ko‘rib chiqildi.
Doimiy komissiya tomonidan ushbu masala yuzasidan taqdim etilgan ma’lumotlar, tegishli xatlar hamda xizmatlarning sifati, hududlarning sanitariya va obodonlashtirish holati, ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi va tarif miqdori atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, hududlarning sanitariya holatini yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, markaziy ko‘chalar bo‘yidagi tadbirkorlik subyektlari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalarni samarali tashkil etish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va obodonlashtirish ishlarini muntazam nazorat qilish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Kun tartibidagi mazkur masala doimiy komissiya a’zolari va mas’ullarning fikr-mulohazalari hamda takliflari inobatga olingan holda xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish uchun tavsiya etildi.