35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
FUQARONING MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishonch telefoni orqali Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Nargiza Nigmanova O‘zbekiston Ekologik partiyasiga a’zo bo‘lish istagini bildirgan. Shuningdek, fuqaro partiyaning tarmoqdagi aloqa telefonlariga bog‘lana olmayotganini ma’lum qilgan.

Mazkur murojaat yuzasidan Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri Murotova Lola Ne'matjon qizi ko‘magida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Chilonzor tuman Kengashi raisi M. Tursunova bilan hamkorlikda fuqaro Nargiza Nigmanovaning murojaati ko‘rib chiqildi.

Natijada fuqaroning istagi inobatga olinib, Nargiza Nigmanova O‘zbekiston Ekologik partiyasi safiga a’zo qilindi.
Fuqaro mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ekologik islohotlar, atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi jarayonlar va mavjud ekologik muammolarga befarq emasligini, ushbu yo‘nalishda faol ishtirok etish istagida ekanini bildirdi.

Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning qonuniy istak hamda takliflarini qo‘llab-quvvatlash — xalq vakillarining muhim vazifalaridan biridir.

Slide 1 of 2