35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Ta’mirga muhtoj texnikum deputatlar e’tiborida

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari Ekaterina Smesova va Saydullo Azimov Andijon shahridagi “Ozodlik” MFYda joylashgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida bo‘lib, mavjud sharoitlarni o‘rgandilar.

1974-yilda qurilgan texnikumda 1500 nafarga yaqin o‘quvchi ta’lim olmoqda. Muassasa har yili 800 nafardan ortiq tibbiy mutaxassislarni tayyorlaydi. Germaniya bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturi orqali yoshlarga xalqaro mehnat bozoriga chiqish imkoniyati yaratilgan.

O‘rganish davomida binoning ichki yo‘laklari, tashqi fasadi va ayrim qismlari ta’mirga muhtoj ekani aniqlandi. Masala deputatlar, deputatlik guruhi va doimiy komissiya a’zolari nazoratiga olinib, amaliy choralar belgilandi.

O‘rganishda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Yusupov ham ishtirok etdi.

Slide 1 of 3