35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Kengash_faoliyati

#ekspert_guruhi

Bandixon tumanida Kengash Kotibiyatining Ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi

Bandixon tumanida mahalliy Kengash deputatlari faoliyatini samarali tashkil etish, doimiy komissiyalar ishini muvofiqlashtirish hamda Kengash qarorlari va qonunchilik hujjatlari ijrosini monitoring qilish borasida Kotibiyat tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyatida tuman Kengashi raisi, ekspert guruhi raisi E.Jurayev raisligida Ekspert guruhining navbatdagi ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Kotibiyat tomonidan o‘tgan hafta davomida bajarilgan ishlar sarhisob qilinib, 162 ta qonun hujjatlari yuzasidan tuzilgan savolnomalar bo‘yicha deputatlik nazorati natijalari hamda mas’ul tashkilotlardan kelayotgan javob xatlarining sifati tahlil qilindi.

Tuman Kengashi raisi E.Jurayev doimiy komissiyalar ish faoliyatini yanada jonlantirish, Kengash qarorlari ijrosini joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda deputatlik so‘rovlari ijrosi ustidan qat’iy monitoring o‘rnatish yuzasidan Kotibiyat xodimlariga tegishli vazifalar belgilab berdi.

Slide 1 of 1