35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
MAHALLA YETTILIGI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati A.Ugizbayeva uzrli sababga ko‘ra o‘z saylov okrugiga bora olmaganligi sababli, o'rniga Kengash kotibiyati mudiri Ye.Mirzayev tomonidan “Sharq” OFY mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahalla hududida amalga oshirilayotgan ishlar, aholining murojaatlari va mavjud muammolar, shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash hamda fuqarolarning muammolarini manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Suhbat davomida mahalla yettiligi a’zolari tomonidan hududdagi dolzarb masalalar yuzasidan takliflar bildirilib, ularni hal etish bo‘yicha hamkorlikda amalga oshiriladigan vazifalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida aholining murojaatlari va muammolarini o‘z vaqtida o‘rganish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni yanada kuchaytirish hamda mahalla hududida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

Slide 1 of 4