35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi kotibiyat mudiri bosh mutaxassisi M.Muhammadiyev tomonidan Iftixor MFYda deputatlik nazorati doirasida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan chorak davomida aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Jumladan:
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 5 nafar fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari, 1 nafar fuqaroga kiyim-kechak olib berilgan;
6 nafar fuqaroga homiylar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan;
2 nafar fuqaroga sog‘lomlashtirish maqsadida davolanish muassasasiga yo‘llanma berilgan.

Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy holat o‘rganilib, hozirgi kunda 3 ta davlat ta’minotidagi oila, 3 ta kambag‘al oila hamda 1 ta kambag‘allik chegarasidagi oila mavjud.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4