35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Biriktirilgan tashkilot faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

⏺Mahalliy Kengash deputatlarining biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikdagi faoliyatini yanada kuchaytirish, qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash hamda tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida joylarda tizimli nazorat-tahlil ishlari olib borilmoqda.

💬Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Termiz shahar bo‘linmasida bo‘lib, tashkilotning bugungi kundagi faoliyatini tegishli qonun hujjatlari asosida ishlab chiqilgan savolnoma orqali atroflicha o‘rgandilar.

O‘rganish jarayonida tashkilot tomonidan davlat ma’naviy-ma’rifiy siyosatini joylarda samarali amalga oshirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni keng targ‘ib etish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, tasdiqlangan reja va dasturlar ijrosi, hamkor tashkilotlar bilan olib borilayotgan ishlar, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarining samaradorligi, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.
Nazorat-tahlil davomida tashkilot faoliyatining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi, belgilangan vazifalar ijrosi va erishilgan natijalar muhokama qilinib, ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Deputatlik nazorati tadbirlari doirasida biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar sifatini yanada oshirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.