35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
AVLOD MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN LOYIHALAR O‘RGANILDI

 AVLOD MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN LOYIHALAR O‘RGANILDI

Bugun Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Boyqulov, kotibiyat mudiri O‘.Murodov hamda tuman Kengashi deputatlari ishtirokida Avlod mahallasida hududda amalga oshirilayotgan bir qator ishlar o‘rganildi.

🔹 Jumladan, PQ-49-sonli qaror asosida mahallada olib borilayotgan asfaltlash ishlarining borishi va sifati ko‘zdan kechirildi.

🔹 Shuningdek, «Ochiq budjet»ning 2026 yil 1-mavsumida g‘olib deb topilgan loyiha doirasida 8-sonli umumta’lim maktabi hududida barpo etilayotgan usti yopiq futbol maydonchasining qurilish ishlari bilan tanishildi.

🔹 Bundan tashqari, tuman hokimining amaliy ko‘magi asosida, tuman Kengashi deputati F.Tursunqulov tashabbusi bilan hashar yo‘li orqali qurilgan ko‘prikning bugungi holati o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida amalga oshirilayotgan ishlar sifati, belgilangan vazifalarning ijrosi hamda mavjud muammolarga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani yaratish, ijtimoiy ob’ektlarni rivojlantirish hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4