35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Deputat nazorati: 31-maktabdagi qurilish ishlari o‘rganildi

Deputat nazorati: 31-maktabdagi qurilish ishlari o‘rganildi

📌Ta’lim muassasalarida yaratilayotgan shart-sharoitlarni yaxshilash, qurilish va rekonstruksiya ishlarining sifatli hamda belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
📌Shu maqsadda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 9-«Obod» saylov okrugidan saylangan deputat B. Yusupov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamkorligida Obod mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 31-sonli umumta’lim maktabining qurilish-montaj ishlari o‘rganildi.
📌O‘rganish davomida mazkur ta’lim muassasasida investitsiya loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati hamda loyiha talablariga muvofiqligiga e’tibor qaratildi.
📌Mas’ullar bilan muloqotda qurilish jarayonida belgilangan talablarga qat’iy rioya etish, ishlarni sifatli tashkil qilish va ta’lim muassasasini belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish muhimligi ta’kidlandi.
📌Aniqlangan masalalar va qurilish jarayonining keyingi bosqichlari deputat tomonidan nazoratga olindi. Shuningdek, loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
📌Deputatlik nazoratining bunday amaliy shakli hududdagi ijtimoiy obyektlarning sifatli barpo etilishi, eng muhimi, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6