35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
#munosabat

Aholiga sifatli va xavfsiz tibbiy xizmat ko‘rsatish — inson salomatligi va jamiyat farovonligini ta’minlashning eng muhim shartlaridan biridir. Shu bois tibbiyot sohasida malakali mutaxassislar faoliyatini tartibga solish, ularning kasbiy mas’uliyatini oshirishga qaratilgan yangi yondashuvlar joriy etilmoqda.
🔹O‘zbekistonda tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish taklif qilinmoqda. Unga ko‘ra, 2027 yildan mazkur jarayon ixtiyoriy, 2030 yildan esa majburiy tartibda amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.
🔹Eng muhimi, davlat ro‘yxatidan o‘tmagan mutaxassisga kelgusida tibbiy yoki farmatsevtik faoliyat bilan shug‘ullanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu talab, avvalo, sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning bilim va malakasini tizimli baholash, kasbiy standartlarga rioya etishini ta’minlash hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.
🔹Prezident tomonidan ushbu o‘zgarishlarni amaliyotga joriy etishda asosiy e’tiborni aholi uchun sifatli, zamonaviy va xavfsiz tibbiy xizmatlarni ta’minlashga qaratish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
🔹Zero, inson salomatligi bilan bog‘liq sohada har bir mutaxassisning bilimi, malakasi va mas’uliyati muhim ahamiyatga ega. Yangi tizim tibbiyot xodimlarining kasbiy salohiyatini yuksaltirish bilan birga, aholining tibbiy xizmatlarga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

G‘ani Hamroyev,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,