35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
“Gulzor” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

#deputat_faoliyati #deputat_okrugida
#mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik
#KQ_35_ijrosi

“Gulzor” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 22-Gulzor saylov okrugidan deputat E. Hamroyev o‘zi saylangan saylov okrugidagi “Gulzor” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni tegishli tartibda hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-son qarori talablari asosida mahalliy Kengash deputatlarining “mahalla yettiligi” bilan hamkorligini kuchaytirish, hududni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini nazorat qilish hamda aholi muammolarini hal etishga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi. Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, aholi bilan muloqotni yanada kuchaytirish hamda deputatlik nazoratini samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputat va “mahalla yettiligi” hamkorligini mustahkamlash, aholi murojaatlariga amaliy yechim topish hamda mahallani rivojlantirishga qaratilgan ishlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2