35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
#_doimiy_komissiya_faoliyati Korrupsiyaning oldini olish va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi

#_doimiy_komissiya_faoliyati
Korrupsiyaning oldini olish va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan korrupsiyaning oldini olish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan amaliy tadbirlar o‘tkazildi.
Jumladan, doimiy komissiya a’zolari hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova ishtirokida “Hamkorlik” mahallasida aholi bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, mansabdor shaxslar tomonidan qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish va ularni ijobiy hal etish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, aholiga korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatni shakllantirish, o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda korrupsiya holatlariga duch kelinganda belgilangan tartibda murojaat qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Tadbir davomida fuqarolarning taklif va murojaatlari ham tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Doimiy komissiya tomonidan bunday tadbirlarni muntazam ravishda tashkil etish orqali hududda korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash sifatini yanada oshirish maqsad qilingan.

Slide 1 of 1