35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЁШЛАР МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ЭТИШ ЧОРАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЗАМОНАВИЙ ТИББИЙ ЖИҲОЗЛАР — СИФАТЛИ ТИББИЙ ХИЗМАТ КАФОЛАТИ
янв.21
ПИЁДАЛАР ЙЎЛАГИ ҚУРИШ МАСАЛАСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
БОЛАЛАРНИ ЗАРАРЛИ АХБОРОТДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ МАСАЛАЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
МАКТАБДАГИ ШАРОИТЛАР ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН ЯНГИ ҲОЖАТХОНА ҚУРИБ БЕРИЛДИ
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ОИЛА ВА ЖАМИЯТДА АЁЛЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ — ҚОНУН УСТУВОРЛИГИНИНГ МУҲИМ ЙЎНАЛИШИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ МАСАЛАСИДАГИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ИЖТИМОИЙ РЕЕСТРДАГИ ОИЛАЛАР ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish samaradorligi deputatlik nazoratida

Termiz shahar Kengashi “Surxon sohili” saylov okrugi deputati B. Rahmatullayev mahallada ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish samaradorligini joyida o‘rgandi. O‘rganish shahar “Inson” markazi hisobotini ko‘rib chiqish va ehtiyojmand qatlamlarga xizmat holatini baholash maqsadida amalga oshirildi.

Ijtimoiy xodim faoliyati doirasida keksalar va nogironlarni qo‘llab-quvvatlash hamda O‘RQ–415-sonli Qonun talablariga rioya qilish ko‘rib chiqildi. Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ullarga tavsiyalar berilib, ular deputatlik nazoratiga olindi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 17-“Surxon sohili” saylov okrugi deputati B.Raxmatullayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov tomonidan “Surxon sohili” mahallasida ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi joyiga chiqib o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi boshlig‘ining hisobotini har tomonlama va sifatli ko‘rib chiqish, shuningdek, mahallada aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holatini baholash maqsadida amalga oshirildi.

Ijtimoiy xodim faoliyati doirasida O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–415-sonli Qonuni talablari asosida:

▪️ keksalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;

▪️ o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga manzilli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish;

▪️ ehtiyojmand fuqarolarning muammolarini aniqlash va ularga zarur ko‘makni tashkil etish;

▪️ ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va samaradorligini ta’minlash holati ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolar bilan ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash hamda mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.